Ishlab chiqaruvchi va dilerlar uchun

Mahsulotingizni taʼmir boshlanayotgan paytda koʻrsating

Ustamʼda mijozlar usta qidiradi va ish eʼlon qiladi — material aynan shu paytda kerak boʻladi. Katalog, reklama va narx soʻrovlari orqali xaridor bilan toʻgʼridan-toʻgʼri bogʻlaning.

Imkoniyatlar

Nimalarga ega boʻlasiz

  • Kompaniya sahifasi va katalog

    Mahsulotlar narxi, qadoqi va oʻlchov birligi bilan. Dilerlaringiz manzili va ish vaqti tumanlar boʻyicha.

  • Reklama joylari

    Mijoz bosh sahifasidagi banner, kategoriya homiysi, materiallar katalogi tepasi va ish eʼloni ichidagi «mos materiallar».

  • Narx soʻrovlari

    Mijoz yoki usta «Narx soʻrash»ni bosadi va rozilik bilan raqamini qoldiradi — soʻrov toʻgʼridan-toʻgʼri sizga keladi.

  • Ustalar uchun takliflar

    Promokod yoki homiylik Pro obunasi: ustalar mahsulotingizni sinab koʻradi va mijozlarga tavsiya qiladi.

  • Ochiq statistika

    Har bir reklama boʻyicha koʻrishlar, bosishlar va soʻrovlar soni — kunma-kun.

Reklama joylari

Toʻrt joy — toʻrt xil vaziyat

Reklama foydalanuvchi aynan shu mahsulot haqida oʻylayotgan joyda chiqadi.

  • Bosh sahifa banneri

    Ilovani ochgan har bir mijoz koʻradi.

  • Kategoriya homiysi

    Masalan, «Plitkachi»ni ochganlarga — kafel va yelim.

  • Katalog tepasi

    Materiallar katalogida birinchi oʻrin.

  • Eʼlon ichida

    Ish eʼloniga mos materiallar — ish boshlanishidan oldin.

Boshlash

Qanday boshlanadi

  1. 01

    Ariza qoldiring

    Telegram orqali yozing: kompaniya, mahsulotlar va qaysi hududlarda sotishingiz.

  2. 02

    Formatni tanlaymiz

    Katalog, reklama joyi va muddatni birga kelishamiz. Maʼlumotlarni biz kiritamiz.

  3. 03

    Natijani kuzating

    Koʻrishlar, bosishlar va soʻrovlarni hisobotda koʻrasiz.

Hamkorlik boʻyicha yozing

Mahsulotlaringiz va hududlaringiz haqida qisqacha yozing — formatlar va narxlarni yuboramiz.

Telegram orqali yozish @ustam_support