Ishonchli usta — bir necha daqiqada
Santexnikdan payvandchigacha: profil, narxlar va bajarilgan ishlar boʻyicha sharhlarni koʻrib tanlang. Yoki ish eʼlon qiling — ustalar oʻzlari taklif yuboradi.
- Mijozlar uchun bepul
- Komissiya yoʻq
- Sharh faqat bajarilgan ishdan
Qaysi usta kerak?
Uy-joy taʼmiri va maishiy xizmatlarning asosiy yoʻnalishlari. Har bir ustaning profilida xizmatlar va narxlar koʻrsatilgan.
-
Santexnik
Quvur, kran, unitaz, isitish tizimi
-
Elektrik
Rozetka, sim tortish, yoritish, hisoblagich
-
Ta'mirlash
Kvartira va uyni to'liq yoki qisman ta'mirlash
-
Bo'yoqchi
Devor, shift va fasadni bo'yash
-
Plitkachi
Kafel, pol plitkasi, hammom va oshxona
-
Konditsioner
O'rnatish, tozalash, freon to'ldirish
-
Maishiy texnika
Kir yuvish mashinasi, muzlatgich, plita
-
Mebel ustasi
Yig'ish, ta'mirlash, buyurtma mebel
-
Duradgor
Yog'och ishlari, eshik, parket
-
Eshik-deraza
Plastik va alyumin rom, qulf, oyna
-
Gaz ustasi
Gaz plita, kolonka, quvur ulash
-
Payvandchi
Darvoza, panjara, metall konstruksiya
Ustani oʻzingizga qulay usulda toping
Vaqtingiz boʻlsa — solishtirib tanlang. Shoshilinch boʻlsa — hozir boʻsh ustani chaqiring.
- 01
Katalogdan tanlang
Ustalarni reyting, narxlar roʻyxati, ish namunalari va ish vaqti boʻyicha solishtiring. Yoqqanini sevimlilarga qoʻshing.
- 02
Ish eʼlon qiling
Nima qilish kerakligini yozing va rasm qoʻshing. Ustalar oʻzlari taklif yuboradi — narx va muddatni solishtirib, bittasini tanlaysiz.
- 03
Tezkor chaqiruv
Kategoriyani tanlang — hozir ishlay oladigan ustalar roʻyxati darhol chiqadi. Birini tanlab, yozasiz yoki qoʻngʻiroq qilasiz.
Buyurtmadan tayyor ishgacha
- 01
Telefon bilan kiring
Parol kerak emas: SMS kod bilan bir daqiqada.
- 02
Ustani tanlang
Katalog, eʼlon yoki tezkor chaqiruv orqali.
- 03
Kelishib oling
Ish, vaqt va narxni chatda yoki telefonda kelishasiz.
- 04
Baho qoldiring
Ish tugagach ustaga toʻgʼridan-toʻgʼri toʻlaysiz va sharh yozasiz.
Ishonch vaʼdalar bilan emas, qoidalar bilan quriladi
-
Pulingiz oʻzingizda
Ustam toʻlovga aralashmaydi va buyurtmadan komissiya olmaydi. Ustaga toʻgʼridan-toʻgʼri toʻlaysiz.
-
Haqiqiy sharhlar
Sharhni faqat shu ustaga buyurtma bergan va ishni qabul qilgan mijoz yoza oladi.
-
Narxlar oldindan koʻrinadi
Ustalar xizmatlari va narxlarini profilida koʻrsatadi — kelishishdan oldin taqqoslaysiz.
-
Raqamingiz himoyada
Telefon raqamingiz faqat buyurtma yoki suhbatdagi ustaga koʻrinadi.
Ustamisiz? Mijozlar sizni oʻzi topadi
Bepul profil oching, ish eʼlonlariga ariza yuboring va har bir bajarilgan ish bilan reytingingizni oshiring. Buyurtmadan foiz olinmaydi.
- Har oy 20 ta bepul connect
- Narxlar roʻyxati va ish namunalari
- Sharh va reyting bilan daraja oshadi
Material kerakmi? Narxni ishlab chiqaruvchidan biling
Ilovada ishlab chiqaruvchilar katalogi bor: mahsulot va narxlarni koʻring, yaqin dilerni toping yoki narx soʻrang — kompaniya oʻzi qoʻngʻiroq qiladi.
Koʻp beriladigan savollar
Javob topilmasa, Telegramʼda yozing — yordam beramiz.
Ustam mijozlar uchun pullikmi?
Yoʻq. Usta qidirish, ish eʼlon qilish, chat va tezkor chaqiruv mijozlar uchun bepul.
Ustaga qanday toʻlayman?
Toʻgʼridan-toʻgʼri ustaga — kelishgan usulda. Ustam bu toʻlovga aralashmaydi va komissiya olmaydi.
Usta ishonchli ekanini qanday bilaman?
Profilda reyting, sharhlar, ish namunalari va narxlar bor. Sharhni faqat shu ustaga buyurtma bergan va ishni qabul qilgan mijoz yoza oladi.
Ustam qaysi shaharlarda ishlaydi?
Hozircha Toshkent shahrida.
Ilovani qayerdan yuklab olaman?
Ustam tez orada App Store va Google Playʼda chiqadi.
Hisobimni qanday oʻchiraman?
Ilovada: Profil → Maxfiylik va xavfsizlik → Hisobni oʻchirish. Yoki shu sahifada SMS kod bilan.
Ishonchli usta — choʻntagingizda
Ilovani yuklab oling va kerakli ustani bugunoq toping.
Ilova tez orada App Store va Google Playʼda chiqadi.